Ispaniya janubida havo harorati salkam 50 darajani ko‘rsatdi
- 29.06.2023 20:42
- 34
- Xorij
Keyingi kunlarda Ispaniyada rekord darajadagi issiq havo kuzatilmoqda. Sevilya va Kordovada harorat 48 darajadan ortiqni ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi MIR 24.
Hududlarda xavfning “qizil” darajasi e’lon qilingan. Ochiq havoda ishlaydigan odamlar uchun ish kuni qisqartirilgan.
Issiq harorat allaqachon fojiali oqibatlarga olib keldi: kecha 47 yoshli ferma ishchisi issiq urish oqibatida halok bo‘ldi.
2022 yildagi yoz fasli shu paytgacha Yevropadagi eng issiq yoz hisoblangandi. Ammo meteorologlarning ta’kidlashicha, endi har bir keyingi yil yanada issiqroq bo‘ladi. Bu yil bahorda Ispaniyada harorat taxminan 35 darajani tashkil etdi, bu odatdagidan ancha yuqori hisoblanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jurnalistikada tezkorlik muhimmi yoki haqiqat?
- 19 daqiqa avval
- Jamiyat
To‘yga ko‘p kelgani yaxshimi yoki kim kelgani?
- Bugun, 11:48
- Mutolaa
Shohona satrlar sohibi Ubaydiy haqida bilasizmi?
- Bugun, 10:49
- Mutolaa
Alimentni oldindan to‘lash mumkin
- Bugun, 10:47
- Jamiyat