Ushbu hafta havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, Kavkaz hududlaridan nisbatan biroz salqin havo kirib kelishi hisobiga ertangi kundan issiq biroz pasayadi. Havo harorati ish haftasining oxirigacha +33...+38 daraja atrofida bo‘ladi.
Respublikaning eng chekka janubida issiq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Harorat asosan +39...+41 daraja, hafta o‘rtasiga kelib Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida +42...+44 daraja bo‘ladi.
20 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatining joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida ob–havoning beqarorligi respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida saqlanib turadi – ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoldan holis emas.
Bugun va ertaga respublikaning ba’zi joylarida, 23 iyunda janubda va cho‘l hududlarda shamolning kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.