Evropada g‘ayrioddiy jazirama hukmron

G‘arbiy Yevropa aholisi g‘ayritabiiy issiqdan qiynalmoqda. Fransiyaning qator hududlarida shanba kuni havo harorati Selsiy bo‘yicha 40 darajadan oshgan. 14 departament «qizil», 56 tasi «to‘q sariq» deb e’lon qilingan.

Dam olish kunlari Milliy meteorologiya agentligi tarixiy rekord harorat kutmoqda.

Italiya shimolida so‘nggi 70 yildagi eng dahshatli qurg‘oqchilik Lombardiya mintaqasida ekinlarni nobud qilish bilan tahdid qilmoqda.

Mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi markazi bo‘lgan tekisliklardagi ko‘plab kichik shaharlarda suv ta’minoti cheklangan.