Zelenskiy va Yevropa yetakchilari Oq uyga tashrifi natijalari

▪️ Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy Vashingtonda avvaliga yakkama-yakka, so‘ngra kengaytirilgan tarkibda Yevropa yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

▪️ Tramp urushni tugatish uchun “oqilona imkoniyat” borligiga ishonch bildirdi. Uning qayd etishicha, Putin va Zelenskiy mojaroning barham topishini, Yevropa yetakchilari ham tinchlikni xohlaydi.

▪️ Xavfsizlik kafolatlari: Tramp Ukrainani tinch yo‘l bilan hal qilish doirasida “juda yaxshi himoya” bilan ta’minlashga va’da berdi.

▪️ Zelenskiy hududiy yon berishlarga tayyormi, degan savolga javob bermadi.

▪️ Sulhsiz tinchlik: Trampning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bir tomonni qayta qurish va qayta to‘planish imkonini, strategik ustunlikni berishi mumkin, shuning uchun ikkinchi tomon buni xohlamasligi mumkin. U mustahkam tinchlik ustida ishlayotganini ta’kidladi. Putin, ehtimol, Alyaskadagi sammit chog‘ida uni mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Tramp dastlab zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

▪️ Tramp Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini aytdi. Agar Putin ham, Zelenskiy ham uni o‘sha yerda ko‘rishni istasa, AQSh – Ukraina – Rossiya o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv tashkil qilishi mumkin.

▪️ Yevropa yetakchilari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhimligini ta’kidladi.

▪️ Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng Putinga qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirayotganini aytdi. Sky News xabariga ko‘ra, u go‘yoki uchrashuv tugashidan oldin Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan.

▪️ Zelenskiy kostyumda paydo bo‘ldi, buni Tramp ijobiy ishora sifatida qayd etdi. Tramp bilan muzokaralarda Zelenskiy hududlarni «proporsional almashish» imkoniyatini istisno qilmadi. U bunday qadam odamlarni ko‘chirish zarurati va yerlarni berishga konstitutsiyaviy taqiq mavjudligi sababli juda murakkab ekanini ta’kidladi, biroq bu g‘oyani butunlay rad etmadi.

▪️ Zelenskiy Oq uy yonida brifing o‘tkazdi:  «Bu — eng yaxshi uchrashuvimiz. Juda ko‘p masalalarni batafsil muhokama qildik. Putin bilan uchrashishga tayyorman. Kiyev muzokaralarning har qanday formati uchun ochiq - lekin faqat yetakchilar darajasida. Menimcha, biz Putin bilan hech qanday shartsiz uchrashishimiz kerak. Agar biz avval otashkesim talab qila boshlasak, Rossiya yuzta boshqa shart qo‘yadi. Hududlar masalasini biz Putin bilan oramizda qoldiramiz, dedi u.

G.Xoldorova tayyorladi.