Fransiya va Germaniyada noqulay ob-havo tabiiy ofatlar keltirmoqda
Fransiyaning janubida «tabiiy ofat» rejimi joriy etilishi mumkin. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lum qildi. Bosh vazir Jan Kasteks kecha toshqinlardan zarar ko‘rgan hududlarga tashrif buyurdi.
Sharante daryosi darajasi ko‘tarilishda davom etmoqda va toshqinning eng yuqori darajasi dushanba kuni kutilmoqda. Garrone qirg‘og‘idagi departamentda 40 yil ichidagi eng kuchli toshqinlar haqida gapirishmoqda.
Fransiyada bir necha kundan beri toshqinga sabab bo‘luvchi yomg‘irlar to‘xtamayapti. To‘qqiz mintaqada, shu jumladan, Parijning shimolida toshqin xavflilik darajasi «to‘q sariq» bo‘lib qolmoqda.
Transport va aloqa to‘xtatildi, yuzlab odamlar, shu jumladan, toshqinda xavf ostida qolgan qamoqxonalardan 90 dan ortiq maxbuslar evakuatsiya qilindi.
Germaniyaning shimolida kuchli qorli bo‘ron kelishi kutilmoqda. Bu esa to‘xtovsiz yog‘ingarchilik keltirishi mumkin. Shu sababli shahar hukumati poytaxtdani eng yirik boshpanasizlar lageri fuqarolari evakuatsiyasini boshladi. U yerda istiqomat qiluvchilar soni aniq bo‘lmasa-da, ammo 40-50 ta palatkalar borligi ma’lum.
Meteorologlar Germaniyaning shimolida 15-40 santimetr yog‘ingarchilik bo‘lishini, Berlin hududida kunlik harorat 8 darajagacha pasayishini taxmin qilmoqda. Kuchli toshqinlar kutilmoqda.