Bugun Fransiyada Ukraina xavfsizligiga kafolatlar masalasi bo‘yicha Yevropa yetakchilari sammiti o‘tkaziladi

Muhokamada 30 ga yaqin davlat ishtirok etadi.
Tashabbuskorlar – Makron va Britaniya Bosh vaziri Starmer. Zelenskiy, fon der Lyayen, Koshta, Stubb, Frederiksen va Tusklar Parijga keldi.
Ishtirokchilar Tramp bilan telefon orqali muloqotga chiqishadi, Yelisey saroyida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Yevropa rejasi tayyor, ammo Vashington tasdig‘isiz qaror qabul qilinmaydi. Vashington Yevropaning tinchlikka qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga, ehtimol mudofaa uchun raketalar bilan ta’minlash va razvedka ma’lumotlarini almashishga tayyor. Shu bilan birga, Trampning aytishicha qo‘shinlar Ukrainaga yuborilmaydi. Avvalroq siyosatchi xavfsizlik kafolatlari NATOdan himoyalanishni o‘z ichiga olmaydi, degan edi.
Rossiya pozitsiyasi – Putin: Ukraina YeIga qo‘shilishi mumkin, lekin NATOga qo‘shilishini Rossiya qabul qilmaydi. Moskva ishchi guruhlar tuzish taklifiga javob kutmoqda.
Germaniya taklifi – muzokaralar uchun Jeneva maydonini ko‘rib chiqish. Shveysariya Putinni tinchlik sammitiga kelgan taqdirda hibsga olmaslikka va’da berdi.
Tramp nima demoqchi edi: Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida: «Tez orada nimadir sodir bo‘lishi kerak, lekin ular (Putin va Zelenskiy — tahr.) hali bunga tayyor emas. Ammo baribir nimadir (albatta) sodir bo‘ladi. Biz bunga erishamiz», dedi u. U nima demoqchi edi? Bashoratlar turlicha: balki u Putinga yana “ikki-uch hafta” vaqt berar. Tramp, shuningdek, Ukraina mojarosi u to‘xtatishga urinayotgan barcha mojarolardan “eng osoni” bo‘lardi, deb o‘ylaganini, biroq vaziyat “juda murakkab” bo‘lib chiqqanini ta’kidladi.