Futbol. "Yevro-2024": Bugun yarim finalning birinchi o‘yini o‘tkaziladi

"Yevro-2024" yarim finali doirasidagi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 9 iyul kuni, soat 23:59 da boshlanadi.

Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis de la Fuente ushbu uchrashuv haqida fikr bildirdi:
- Bu biz uchun fantastik imkoniyat. Biz ko‘p ter to‘kdik va shu yerda bo‘lishga munosibmiz. Bu final bo‘lishi ham mumkin edi.
Ushbu tipdagi uchrashuvlarda hammasini detallar hal qiladi, kamroq xato qilish lozim. Biz tarixiy imkoniyatga loyiqmiz.
Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. O‘yin modelimiz shouga o‘xshaydi, u juda tomoshabop va yorqin. Ammo asosiysi - g‘alaba. Maftunkor va foydali o‘ynash kerak.
Fransiyaliklarda o‘yin fantastik darajada. Ulardagi futbolchilarning mahoarati juda yuqori. Doim ularning futbolidan rohat olganman. Negaki, bizning uslublarimizdan farq qiladi.
Biz tayyormiz. Fransiya jismonan juda kuchli jamoadek tasavvur uyg‘otyapti, ammo ularga qarshi qanday quroldan foydalanish kerakligini yaxshi bilamiz.