Germaniyada Samarqandning sayyohlik salohiyati haqida hujjatli film namoyish etiladi
Germaniyaning "ZDF" telekanalining ikkinchi kanali buyurtmasiga ko‘ra, Germaniyaning "BEWEGTE ZEITEN Filmproduktion GmbH" kompaniyasi O‘zbekiston haqida hujjatli film ustida ish boshladi.
Nemis rejissyori Bettina Vobst boshchiligidagi guruh Samarqandning sayyohlik ob’yektlarida, ya’ni Registon maydonida, «Konigil» sayyohlik qishlog‘ida, Xo‘ja Abdu Darun majmuasida, shuningdek bunyodkorik jarayonlarni suratga olishdi.
Germaniya kinochilarining ijodiy safari mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi hamda Turizm va sport vazirligi ko‘magida tashkil etildi.
Samarqand viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, film "ZDF" telekanalida shu yilning dekabr oyida namoyish etiladi.
Ta’kidlash joizki, "ZDF" – Germaniyaning eng yirik milliy telekompaniyalaridan biri bo‘lib, ko‘p millionli tomoshabinlar auditoriyasiga ega, "BEWEGTE ZEITEN Filmproduktion GmbH" kompaniyasi esa nemis kinostudiyalarining yetakchilaridan biri.