HAMAS harakati 30 dan ziyod garovdagilarni ozod qilishga rozi. Koreya prezidenti Yun Sek Yolni hibsga olishdan bosh tortildi. Suriyaning yangi hukumatiga ayblovlar yog‘ilmoqda
🔹 HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida Isroil tomoni taklif qilgan ro‘yxatdagi 34 nafar garovga olinganlarni ozod qilishga rozi bo‘ldi.
🔹 Aliyev yana bir bor Rossiya vakillarini Aqtaudagi aviahalokatda va "voqeani bosti-bosti qilishga" urinishda aybladi. “Ishonch bilan ayta olamanki, Ozarbayjon fuqarolarining ushbu ofatda halok bo‘lganligida ayb Rossiya Federatsiyasi vakillarida”, iqtibos keltiradi Ozarbayjon prezidentidan Azertaj agentligi. Halok bo‘lgan ekipaj a’zolarining oila a’zolari va tirik qolgan styuardessalar bilan uchrashuvda Aliyev Ozarbayjon adolatni, aybdorlarning jazolanishini, “to‘liq shaffoflikni va insoniy xulq-atvorni” talab qilishini aytdi.
🔹 Koreya Respublikasi politsiyasi mamlakat prezidenti Yun Sek Yolni hibsga olish orderini mustaqil ravishda amalga oshirishdan bosh tortdi. Politsiya yuridik tekshiruvdan so‘ng orderning huquqiy maqomi bahsli degan xulosaga kelgan.
🔹 Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi yana sudlanmoqda. Bugun u korrupsiya va 2007 yilgi prezidentlik kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda ayblanib sudga chaqirildi. Siyosatchi Liviya sobiq rahbari Muammar Qaddafiydan 50 million yevroga yaqin pul olganlikda ayblanmoqda.
🔹 Jo Bayden ma’muriyati Rossiya neft eksportiga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda.
🔹 Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirdi, u taxminan 1100 kilometr uchib, Yapon dengiziga tushgan. Pxenyan oxirgi marta 2024 yilning 5 noyabrida ballistik raketa uchirgan edi.
🔹 Kanadaning Atlantika okeanidagi Nyufaundlend va Labrador provinsiyalarida esgan bo‘ronli shamollar tufayli 8 mingdan ortiq xonadon va boshqa ob’yektlar elektr ta’minotisiz qoldi. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
🔹 "Men Tramp bu urushni to‘xtata olishiga ishonaman". Bu haqda Zelenskiy podkasterning Tramp va Putin bilan uchrashish ehtimoli haqidagi savoliga javob berdi. Zelenskiy Tramp Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlarini taklif qila olishiga ishonchi komil ekanligini qo‘shimcha qildi. Shundan keyingina ruslar bilan urushni tugatish haqida gap bo‘lishi mumkin.
🔹 Suriyaning yangi hukumatiga nisbatan islomiylikda ayblovlar ko‘paymoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ikki ayolning qatl etilishi aks etgan ikkita video tarqalmoqda. Ular 2015 yilda suratga olingani aytilgan.