Har bir xodim uchun munosib mehnat sharoiti yaratilish shart

Jomboy tumanidagi “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida “Kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish” mavzusida seminarda o‘tkazildi.

Unda tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashlari raislari, yirik boshlang‘ich tashkilotlar raislari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar, oliy o‘quv yurt o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda Kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi Suhrob Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik tarixi, “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmasi”, kechagi kun bilan bugungi kunning qanchalik farqlarini faktlar asosida aytib o‘tdi.  

Shundan so‘ng “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” qo‘shma korxonasi direktor o‘rinbosari Sherzod Hasanov korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan munosib mehnat shaoritlari xususida to‘xtaldi.

- Bu kabi tadbirlar orqali nafaqat ish beruvchini xabardor qilish, balki ishchi-xodimlar manfaatini himoya qilishga erishyapmiz, -  deydi Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Orif Mizomov. – Qolaversa, seminar davomida ishtirokchilar o‘zarao tajriba almashishga imkon yaratildi, yangi takliflar bildirildi. Kelgusida har bir tarmoq kasaba uyushmasining faoliyatini yoritgan “Eng yaxshi ijodkor” tanlovini, “Zakovat” intellektual o‘yinini hamda sport musobaqasini tashkil etishga kelishib oldik.  

Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Tadbirda korxonaning bir guruh  xodimlariga “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostidagi sayyohatlar uchun yo‘llanmalar topshirildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” qo‘shma korxonasida ishchi-xodimlarining ishlashlari uchun yaratilagan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Husan ELTOYeV.