Hojilar barcha amallarni ado etdi

O‘zbekistonlik hojilar ulug‘ ibodat manosiklarining asosiylarini ado etib, Mino vodiysidan Makka shahridagi mehmonxonaga qaytdilar.

Yetti mingdan ziyod o‘zbekistonlik hoji asosiy haj amallarini bajardi, deb ma’lum qildi Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

“Haj – 2019” ishchi guruhi hojilarning ibodatlari talafotlarsiz o‘tkazgan. Hojilar Makkai mukarramada Hazrati Ibrohim, Hazrati Ismoil alayhimussalom va Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam yurgan yerlarini ziyorat etgan. Minoda shaytonga tosh otish va qurbonlik so‘yish amallarini bajargan.