Saudiya Arabistonida ayollarga erkak qarindoshi hamrohligisiz Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berildi
Saudiya Arabistonida ayollar birinchi marta mahrami, ya’ni yaqin qarindoshi – erkak hamrohligisiz Hajga borishga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi rasmiy saytida chop etilgan xabarda aytiladi.
Saudiya Arabistoni vazirligi joriy mavsumda Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lganlar, jumladan, qirollikda yashash ruxsatnomasiga ega saudiyalik ayollar, boshqa musulmon ayollarni muddatidan oldin ro‘yxatga olish imkoniyatini e’lon qildi. Ro‘yxatga olish qoidalariga ko‘ra, elektron shaklga hamrohlik qiluvchi shaxsning kiritilish yoki yo‘qligi anketani to‘ldiruvchi ayol ixtiyoriga qo‘yilgani qayd etilgan.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari bo‘yicha vazirlik vakiliga ko‘ra, mamlakat rasmiylari “bu yil haj ziyoratiga boruvchi ayollar uchun mahram bo‘lishini talab qilmaslikka” qaror qilishgan. Ushbu holatda musulmon ayol haj ziyoratini albatta “ayollar guruhi tarkibida” amalga oshirishi shart.