Saudiya Arabistoni O‘zbekistonning 6 ta viloyatida gul yetishtirishni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va qishloq xo‘jaligini kengaytirish departamenti bosh direktori Bandar Muhammad al-Saqhan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan maqsad O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida, jumladan, gul yetishtirish yo‘nalishida ishlab chiqilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalariga saudiyalik investorlarni jalb etish va tegishli shartnomalarni imzolashdan iborat.

Ushbu loyihalar respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos 6 ta viloyatida, jumladan, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ishchi safar doirasida saudiyalik investorlar va mamlakatimiz ishbilarmonlari o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.