Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari Bayden bilan muzokara qilishdan bosh tortishdi

Oq uyning AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari o‘rtasida neft narxi oshishini o‘z ichiga olgan telefon suhbatlarini tashkil etish “muvaffaqiyatsiz” bo‘ldi, deb yozadi Wall Street Journal.

“Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va BAA shayxi Muhammad bin Zoid ikkalasi ham Bayden bilan gaplashishdan bosh tortishdi”, deya ma’lum qiladi nashr rasmiylarga tayanib.

Biroq shahzoda va shayx o‘tgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan, deb yozadi gazeta.

 Nashrning yozishicha, BAA va Saudiya Arabistoni neft qazib olishni ko‘paytirishdan bosh tortgan holda, OPEK boshchiligidagi ishlab chiqaruvchilar guruhi tomonidan tasdiqlangan rejaga amal qilmoqda.

Abu-Dabi va Ar-Riyod xusiylarning Yamandagi raketa zarbalariga nisbatan AQShning “o‘zini tutishi” va ularning xavfsizlikka oid xavotirlarini e’tiborsiz qoldirgan Eron yadroviy kelishuvining tiklanishidan xavotirda. Shuningdek, Saudiya Arabistoni Vashington valiahd shahzodaga AQShda bir qator sud jarayonlariga duch kelgani uchun qonuniy daxlsizlik berilishini istaydi.