Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro ishga tiklandi va uning foydasiga 44,5 million so‘m undirildi
Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasida yashovchi fuqaro viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasidagi ishiga noqonuniy ravishda chek qo‘yilgani hamda majburiy progul davri uchun ish haqi undirilishi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning mehnat huquqlari buzilgani aniqlanib, uning huquqlarini tiklash maqsadida adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, fuqaro avvalgi ishiga tiklandi hamda uning foydasiga 44 million 548 ming 668 so‘m miqdorida majburiy progul davri uchun ish haqi undirilishi belgilandi.