Hokim Samarqand ziyolilari oilasida
Bugun, 31 dekabr kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand adabiy muhitining yirik namoyandalari - akademiklar Vohid Abdullayev va Boturxon Valixo‘jayevlarning xonadonida bo‘lib, marhum ziyolilarning oila a’zolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
- Oilamiz a’zolari, yaqinlarimning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi, - dedi B.Valixo‘jayevning rafiqasi. - Mamlakatimizda inson qadrining yuksalayotgani barchamizda faxr-iftixor uyg‘otmoqda.
Shuningdek, hokimlik vakillari kun davomida viloyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarni yo‘qlab, Yangi yil bilan tabrikladi.