Ichki ishlar vaziridan ishga tiklashda yordam so‘rashdi
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovga turli sabablar bilan tizimdan ishdan bo‘shatilgan sobiq xodimlar, ularning oila a’zolari murojaat qilib, ishga tiklashda yordam so‘radi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi A.Muqimov va H.Muqimovaning masalasi ham shu haqda edi. Ular ikki yil profilaktika inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan o‘g‘lining o‘tgan yil nohaq ishdan bo‘shatilganini bildirib, uni ishga tiklashda vazirdan ko‘mak so‘rashdi.
P.Bobojonov murojaatchilarni eshitib, masalani o‘rganib chiqqan holda xulosa berilishini bildirdi.
Qabul davomida ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turadigan bir guruh fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab daromad topish mumkin bo‘lgan maishiy texnika va boshqa vositalar berildi. Shuningdek, fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ID-kartalar topshirildi.