Indoneziyaga qalampir eksport qilinadi

- Buning uchun fermer xo‘jaliklariga tegishli tavsiyalar va yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha agrotexnik tushunchalar berildi, - deydi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Maqsud Husainov. - Fermerlarimiz 750 gektarga mahalliy navli va 750 gektarga xorijdan keltiriladigan urug‘larni ekishadi. Hosilni topshirish uchun esa "O‘zoziq-ovqatxolding" kompaniyasi tarkibida viloyatimizda "ChilliO‘z" va "Big Agro" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etildi. Jamg‘arilgan achchiq qalampir qayta ishlanib, quritilgan holda Indoneziya va Hindistonga eksport qilinadi. 

O‘ktam XUDOYBERDIYEV.