Samarqandda tovar va xizmatlar eksporti qanday?
2022 yilda viloyatdagi 83 ta korxonaga xalqaro standartlar joriy qilinib, Xalal, Kosher, Global GAP va ISO sertifikatlari olingan.
Eksportyor korxonalar uchun xalqaro standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini joriy qilish yuzasidan 30 ta korxonaning 4,9 mlrd. so‘mlik xarajatlari Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilgan.
Umuman, o‘tgan yil davomida 587,3 mln. dollar miqdordagi mahsulotlar eksportga chiqarilib (2021 yilning mos davriga nisbatan 128 foizga), belgilangan prognoz 102 foizga bajarilgan.
Shundan, sanoat mahsulotlari eksporti 423,6 mln. dollar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 163,7 mln. dollarni tashkil etgan.
O‘tgan davr mobaynida 565 ta korxona tomonidan 60 ta mamlakatga 630 turdagi (TIF TN kod bo‘yicha);
- 217,6 mln. dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari;
- 160,6 mln. dollarlik tekstil mahsulotlari;
- 63,3 mln. dollarlik metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
- 33,9 mln. dollarlik ozuqa-yem mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.