Bajarilmagan eksport rejasi yil oxirigacha qanday to‘ldiriladi? Toyloq tuman hokimi sessiyada eksport bo‘yicha rejasini ma’lum qildi
Bahodir Bobonazarovga ko‘ra, 2021 yil eksport bo‘yicha yillik reja 29 mln. 446 ming AQSh dollari bo‘lib, 2021 yil 22 noyabr holatida 13 mln. 48 ming AQSh dollari hajmda eksport amalga oshirilgan. Bu eksport sohasida viloyat bӯyicha eng oxirgi natija.
Ammo hokim yil yakuniga qadar 16 mln. 550 ming AQSh dollarlik eksport amalga oshirilib, reja to‘liq bajarilishi ta’minlanishini aytdi.
Jumladan, quyidagi korxonalardan eksport amalga oshiriladi:
"Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligi tomonidan – 10 mln. AQSh dollarlik mosh mahsulotlari eksporti;
“Doniyev Servis Stil” MChJ – 750 ming. AQSh dollarlik mayiz mahsuloti – Turkiya davlatiga;
“Agromir Adas” MChJ – 3000 ming dollar konyak mahsuloti – Rossiya davlatiga;
"Bro Beans" MChJ –2000 ming dollar yong‘oq hamda mayiz mahsuloti - Turkiya davlatiga;
“AGRO-KOMPLEKS” fermer xo‘jaligi – 100 ming dollar miqdorida 3 kunlik jo‘ja va parranda ozuqasi - Tojikiston davlatiga;
"Pet Agro Oil" MChJ – 500 ming AQSh dollar;
“BAGIZAGAN” MChJ – 1.5 ming dall konyak - 100 ming AQSh dollar.
"AZIYA METAL STANDART" MChJ - 100 ming AQSh dollar".