Samarqanddan 9 oyda 60 ming tonna mahsulot eksportga chiqarilgan, 160 ming tonna import qilingan

Mamlakatimiz bog‘dorchilik mahsulotlari yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchi beshlikka kiradi.

Joriy yilning 9 oyida viloyat o‘simliklar karantini chegara maskanlari orqali ko‘chatlar, sitrus mevalar, quritilgan mevalar, sabzavotlar, yog‘och, ozuqabop kartoshka, urug‘lik kartoshka va boshqa turdagi qariyb 60 ming tonna mahsulot eksport qilingan. Bu haqda Zarnews’ ga viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi viloyat hududiy inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu karantin ostidagi mahsulotlar asosan Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, Latviya, Angliya, Polsha, Eron va Belarus davlatlariga eksport qilindi.

Shu vaqt davomida Turkiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Serbiya, Italiya, Ekvador, BAA, Xitoy, Rossiya, Eron, Belgiya, Hindiston va Afg‘oniston davlatlaridan qariyb 160 ming tonna karantin ostidagi mahsulotlar import qilindi.

Mamlakatimizdan eksport qilinayotgan va import bo‘layotgan karantin osti mahsulotlariga belgilangan sertifikatlar to‘liq nazorat qilinmoqda.