"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi

24 may kuni Respublika "Ipoteka bank" bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.