Iste’mol krediti qanday olinadi?

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.

Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Iste’mol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:

➖ uy xo‘jaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;

➖ mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;

➖ O‘zbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;

➖ tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni o‘tkazish;

➖ xususiy avtomobillarni ta’mirlash va boshqalar.

Kredit hajmi, muddati, foiz stavkasi, to‘lovlarni amalga oshirish grafigi iste’mol krediti shartnomasida aks ettiriladi.

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ kredit ajratish haqida ariza;

➖ pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;

➖ qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

➖ kreditni qaytarishni ta’minlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi).