Jahon aholisi: kishini o‘ylantiradigan raqamlar

Yer yuzi aholisi taxminan 7,8 milliard kishini tashkil qiladi. Bu raqam ko‘pchilik uchun shunchaki “katta son”. Lekin shu 7,8 milliard odamni 100 foiz deb tasavvur qilsak, dunyo qanday taqsimlangani yanada ravshan ko‘rinadi.

Qit’alar bo‘yicha:

11 foiz - Yevropada yashaydi;

5 foiz - Shimoliy Amerikada;

9 foiz - Janubiy Amerikada;

15 foiz - Afrikada;

60 foiz - Osiyoda.

Yashash joyi:

49 foiz - qishloqlarda;

51 foiz - shaharlarda.

Tillar bo‘yicha:

12 foiz - xitoy tilida so‘zlashadi;

5 foiz - ispan tilida;

5 foiz - ingliz tilida;

3 foiz - arab tilida;

3 foiz - hind tilida;

3 foiz - bengal tilida;

3 foiz - portugal tilida;

2 foiz - rus tilida;

2 foiz - yapon tilida;

62 foiz - o‘z mahalliy ona tilida so‘zlashadi.

Turmush sharoiti:

77 foiz - insonning uy-joyi bor;

23 foiz - insonning doimiy yashash joyi yo‘q.

Ovqatlanish holati:

21 foiz – odam me’yordan ortiqcha ovqat yeydi;

63 foiz - istaganicha ovqatlana oladi;

15 foiz - inson yetarlicha ovqat topa olmaydi.

Kunlik daromad:

48 foiz - kunlik xarajati 2 AQSh dollaridan kam.

Ichimlik suvi:

87 foiz - toza ichimlik suviga ega;

13 foiz - toza suvga ega emas, yoki iflos manbalardan foydalanishga majbur.

Texnologiya:

75 foiz odamda mobil telefon bor;

25 foizda yo‘q.

30 foiz odam internetdan foydalanish imkoniyatiga ega;

70 foiz internetga chiqish sharoitiga ega emas.

Ta’lim:

7 foiz - oliy ma’lumot olgan;

93 foiz - kollej yoki oliygohda o‘qimagan.

Savodxonlik:

83 foiz - o‘qish-yozishni biladi;

17 foiz - savodsiz.

Dinlar bo‘yicha:

33 foiz - nasroniy;

22 foiz - musulmon;

14 foiz - hindu;

7 foiz - buddist;

12 foiz - boshqa dinlarga e’tiqod qiladi;

12 foiz - hech qanday diniy e’tiqodga ega emas.