O‘zbekiston 2020 yilda Rossiyaga 29 ming tonna xurmo eksport qildi

O‘zbekiston 2020 yilning 11 oyida xorij davlatlariga qiymati 44,2 million AQSh dollariga teng 88,9 ming tonna xurmo eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  48,9 ming tonnaga yoki 16,4 million AQSh dollariga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston quyidagi davlatlarga xurmo eksport qildi:

Qozog‘iston – 51,8 ming tonna;

Rossiya – 29,0 ming tonna;

Qirg‘iziston  Respublikasi  – 2,9 ming tonna;

Turkmaniston – 2,4 ming tonna;

Ukraina –1,8 ming tonna;

Belarus Respublikasi  – 0,8 ming tonna.