Samarqandda aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga kamaygan
- 25.09.2020 07:05
- 30
- Iqtisodiyot
2020 yil yanvar-avgust oylari davomida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi o‘rtacha 2620,0 ming so‘mni tashkil qildi va bu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga kamaydi.
Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich mos ravishda Past Darg‘om tumanida 13,6 foizga, Qo‘shrabotda 18,1 foizga, Paxtachida 14,0 foizga, Nurobodda 12,7 foizga, Urgutda 11,6 foizga, Toyloqda 12,5 foizga, Oqdaryoda 10,4 foizga hamda Ishtixonda 12,2 foizga 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan pasayish kuzatilgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar hududlar kesimida solishtirilganda, eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shahrida 7922,4 ming so‘m, Kattaqo‘rg‘on shahrida 5487,9 ming so‘m hamda Bulung‘ur tumanida 2826,7 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.