Kanal yoqasini kovlagan ekskovatorchiga jarima belgilandi
- 02.07.2020 13:15
- 274
- Samarqand
 
                                                                        Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari tomonidan joylarda ekologiyaga zarar keltirish holatlarining oldini olish borasida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand tumani "CHAQQA" mahallasida yashovchi fuqaro J.T. o‘zining "HUNDAY" ekskovatori yordamida noqonuniy ravishda Past Darg‘om tumanining "Kamolot" mahallasidan oqib o‘tuvchi "Darg‘om" kanalining muhofaza qismidan tuproq qazib olib, shaxsiy yuk avtomashinalarga yuklab berayotganligi aniqlangan. Huquqbuzar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi Qonunlarni buzganligi uchun ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Sherali ISKANDAROV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda
- 2 soat avval
- Jinoyat va jazo
Baxtning erta-kechi bo‘lmaydi
- 3 soat avval
- Jamiyat
Umrida go‘sht yemagan sher
- Kecha, 17:02
- O'qing, qiziq!
 
                 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    