Kecha Samarqandda 72 kishi koronavirus bilan kasallandi, 76 nafar bemor tuzaldi
🔺 2021 yil 28 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90 406 (+398) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 5 nafari Andijon viloyatida,
📌 4 nafari Buxoro viloyatida,
📌 7 nafari Jizzax viloyatida,
📌 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 1 nafari Navoiy viloyatida,
📌 5 nafari Namangan viloyatida,
📌 72 nafari Samarqand viloyatida,
📌 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 3 nafari Xorazm viloyatida,
📌 73 nafari Toshkent viloyatida,
📌 207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
🔹 Buxoro viloyatida 6 nafar,
🔹 Jizzax viloyatida 6 nafar,
🔹 Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
🔹 Namangan viloyatida 11 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 76 nafar,
🔹 Toshkent viloyatida 39 nafar,
🔹 Toshkent shahrida 173 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86 774 (+325) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
⚫️ Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2985 nafar bemor davolanmoqda.