Kim Chen In otasining vafotiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbirda qatnashmadi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In otasi va mamlakatning sobiq yetakchisi Kim Chen Ir vafotining 11 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan dafn marosimida shaxsan ishtirok etmadi va biroq bir savat gul yubordi, deyiladi KXDR markaziy axborot agentligi xabarida (STAK).

Ikkinchi kundirki, Shimoliy Koreya 2011 yil 17 dekabrda vafot etgan hozirgi yetakchi Kim Chen Inning otasi va sobiq yetakchi Kim Chen Ir vafotining 11 yilligini nishonlamoqda. An’anaga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar, xorijiy siyosiy partiyalar, tashkilot va arboblar Mansudae tepaligidagi KXDR sobiq rahbarlarining bronza haykallari poyiga gullar qo‘yyishdi.

Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarida Kim Chen Ir mamlakat rivojiga qo‘shgan xizmatlari va hissasini maqtagan maqolalar chop etishda davom etmoqda. Pxenyandagi Kumsusan Quyosh saroyida Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen, uning o‘g‘li va vorisi Kim Chen Ir qabrida xotira marosimi bo‘lib o‘tdi. Ammo unda Kim Chen In va uning singlisi Kim Yo Chen yo‘q edi. Shimoliy Koreya yetakchisi nomidan gul savati qo‘yildi.

“Buyuk yetakchilar Kim Ir Sen va Kim Chen Ir haykallari oldiga hurmatli o‘rtoq Kim Chen In nomidan bir savat gul qo‘yildi”, — deya xabar beradi STAK.