Kim Chen In Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan shimoliy koreyalik harbiylarni mukofotladi

Tantanali marosim Pxenyan shahrida bo‘lib o‘tdi.
The Wall Street Journal nashrining qayd etishicha, mukofotlash marosimida Rossiya – Ukraina urushida ishtirok etgan yuqori martabali qo‘mondonlar ham hozir bo‘lgan. Nashr ta’kidlaganidek, so‘nggi oylarda shimoliy koreyalik kuchlar ishtirokidagi janglar shiddati pasaygan. Shu bilan birga, WSJ yozishicha, Pxenyandagi tantanalardan so‘ng yuqori lavozimli ofitserlarni yana Rossiyaga yuborish ehtimoli ham bor.

KXDR harbiylari 2024 yil avgust oyida Ukraina Qurolli Kuchlari qisman egallagan Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan. Shimoliy koreyalik harbiylarning urush harakatlarida ishtirok etgani haqidagi ilk xabarlar 2024 yil oktyabrida paydo bo‘lgan, Rossiya esa buni rasman 2025 yil aprel oyining oxirida tasdiqladi.

Ukraina rasmiylari baholashicha, 2024 yil kuzida Shimoliy Koreya Rossiyaga 11 mingga yaqin askar yo‘llagan. Rossiyaga yuborilgan shimoliy koreyalik harbiylarning taxminan 5 ming nafari yo‘qotilgan, ularning uchdan bir qismi halok bo‘lgan.