Kim Chen In yadroviy qarshi hujumga tayyorligini e’lon qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan yangi "Xvason-18" qit’alararo raketasi mamlakatning yadroviy qarshi hujumga tayyorligini oshirishini, Shimoliy Koreyaning strategik to‘xtatuvchi kuchlarini qayta qurishini va respublika dushmanlari "qo‘rquvdan titrashini" ta’minlashini va’da qildi, deya xabar tarqatdi Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi.

Avvalroq KXDR yangi "Xvason-18" qattiq yoqilg‘i qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, uchirilish chog‘ida atrofdagi mamlakatlar xavfsizligi inobatga olingan. KXDR raketaning uchishini ta’minlaydigan alohida qismlari qulashi aniq joyi haqida xabar berib, qo‘shni mamlakatlar xavfsizligiga hech narsa tahdid solmaganini aytgan.

Kim Chen In Koreya yarimorolidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga yomonlashib borayotgani va kelajakdagi harbiy tahdidlarga javoban yanada ilg‘or va kuchli qurol tizimining jadal rivojlanishini qayd etgan.

Manbaga ko‘ra, 2020 yilgi paradda taqdim etilgan "Xvason-17" og‘ir suyuq yonilg‘ili qit’alararo ballistik raketa keskinlik paytida birinchi zarba uchun mos kelsa, yangi yengil qattiq yoqilg‘ili raketa "birinchi zarbadan omon qolish uchun munosib imkoniyatga ega".