Kim Chen Inning 15 daraja sovuqdagi uzoq nutqi OAVda muhokamalarga sabab bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In otasi Kim Chen Ir haqida uzundan-uzoq nutq so‘zlab, yuzlab odamlarni sovqotishga majbur qildi. Vaholanki, Kimning o‘zi va yonidagilari sahna ostiga joylashtirilgan isitgichlardan bahramand edi, deb xabar beradi Dayli Mail.

Kim Chen In Kim Chen Ir tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan 30 daqiqalik nutq so‘zlagan paytda havo harorati 15 daraja sovuq bo‘lgan. Shu vaqt mobaynida yig‘ilganlar qo‘lqopsiz, sharfsiz va shlyapasiz qimir etmay tik turishdi.

Keyinchalik ba’zi reportyorlar sahnadagi qizil gilam ostidan o‘tgan katta sim o‘ramini payqab, ular kommunistik davlat elitasini issiqlik bilan ta’minlash uchun ishlatiladigan isitkichlarga olib kelgan, deb taxmin qilishdi.

North Korean leader Kim Jong Un shown posing with some young troops in the new doc

Kim Chen Inning otasini sharaflash marosimi 2019 yil iyul oyidan beri birinchi marta nishonlangan Milliy assambleyaning ajralmas qismi bo‘lib, COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan edi. Pxenyanda, shuningdek, kechki gala-konsert va feyerverklar namoyishi bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, bayramga «kovid» cheklovlari yumshatilishi belgisi sifatida KXDR poytaxtida bo‘lgan xorijiy diplomatlar ham taklif qilingan.

Yaqinda Shimoliy Koreyada mamlakat rahbarining 2021 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Ma’lum qilinishicha, film ijodkorlari Kim Chen Inning keskin vazn yo‘qotishidan keyin sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi tarqala boshlagan mish-mishlarga alohida e’tibor qaratgan.

Kim Jong Un struggling alone on the stairs as he looked

Lentada KXDRning ozib ketgan rahbari safarlaridan birida zinadan qanday qiynalib tushgani aks etgan. Kadrdan ortidagi ovoz siyosatchining "o‘z xalqining orzularini ro‘yobga chiqarish ustida ishlar ekan, juda xavotirdaligidan tobi yo‘q"ligini tushuntirgan.

North Korean leader Kim Jong Un