Kimlarga bepul davolanish uchun order beriladi?
Amaldagi tartibga muvofiq,
- bolalikdan nogironlar;
- chin yetimlar;
- I va II guruh nogironlari;
- 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
- 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat jabhasining qatnashchilari;
- Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar;
- baynalmilalchi-jangchilar;
- fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
- chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 - 27 yoshdagi) shaxslarga viloyat davolash profilaktika muassasalari (SamMI 1-son klinikasi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, salomatlikni tiklash markazi, kardiologiya dispanseri, travmatologiya, ko‘z kasalliklari shifoxonalari) va respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida imtiyozli davolanish huquqini beruvchi hujjat order asosida bepul tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Viloyat davolash profilaktika muassasalariga orderlar fuqaro yashayotgan tuman yoki shahar tibbiyot birlashmasidan, Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markaziga tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari tomonidan, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga esa yo‘nalishi bo‘yicha tegishli viloyat davolash profilaktika muassasalaridan yuqorida ko‘satilgan imtiyozga ega shaxslarga navbat asosida beriladi.
Samarqand viloyati sog‘liq
saqlash boshqarmasi.