Koloniyada bir mahkum ikkinchisini 2 ming dollarga chuv tushirdi

Toshkent viloyatidagi 43-manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.