Ekvador qamoqxonalarida favqulodda holat e’lon qilindi
"Ekvador hukumati harakat qiladi, biz harakat qilishimiz kerak va birinchi navbatda butun mamlakat bo‘ylab penitensiar (ijro organlari) tizimida favqulodda holat e’lon qilamiz", dedi Ekvador prezidenti Gilermo Lasso 100 kishi halok bo‘lgan va 80 dan ziyod odam yaralangan Guayakuil qamoqxonasida sodir bo‘lgan isyondan keyin.
Politsiyaga jazoni o‘tash joyini nazoratga olish uchun taxminan 5 soat vaqt kerak bo‘ldi.
Qarama-qarshilikning ildizi narkokartellarga borib taqaladi. Bu mamlakat tarixida qamoqxonada granatalar va shafqatsiz repressiyalar bilan o‘tgan eng qonli to‘qnashuv bo‘ldi.
"Politsiya ichkariga kirganda ularga o‘qotar qurol, to‘pponcha, revolver bilan hujum qilishdi. Lekin politsiya o‘q ishlatmasdan, professional tarzda harakat qildi. Biz jiddiy jarohat olmaslik uchun o‘ldirmaydigan qurol, rezina o‘qlar ishlatdik", dedi Ekvador milliy politsiya generali Fausto Buyenano.
Bu dahshatli voqealar Ekvador qamoqxona tizimi uzoq yillar botqoqda bo‘lgan chuqur inqirozdan dalolat beradi. Hukumat xavotir bilan xabar kutgan mahbuslar yaqinlariga psixologik yordam ko‘rsatdi.
"Biz uchrashuvga borganimizda, ular hamma narsani yaxshilab tekshirib ko‘rishadi. Buncha qurol qanday qilib ichkariga kiritilganiga hayronman... U yerda hamma qurollangan, hamma…", deydi mahbusning onasi Vana Pinto.
«Bizga hukumat yordam berishini xohlaymiz. Qamoqxonada og‘ir jinoyat qilmaganlar bor va ular u yerda dahshatli narsalarga dosh berishlari kerak. Men, albatta, hukumatdan bu masalada biz, kambag‘allarga ko‘mak berish uchun choralar ko‘rishini so‘rayman», deydi kelgan yana bir mahbus qarindoshi.
Ekvador hukumati mamlakat qamoqxonalarida xavfsizlik tizimini takomillashtirish uchun qo‘shimcha 24 million dollar va’da qilgan.