Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan ijara puli 25 foizga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining bugun, 2026 yil 7 iyuldagi 369-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 iyuldagi 169-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganligi (ijarada yashayotganligi) uchun har oy to‘lanadigan pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi.
Ushbu qaror harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularning uy-joy bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash hamda moddiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan.
Yangi tartib qarorda belgilangan muddatlar va shartlar asosida amalga oshiriladi.