Viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Xalq qabulxonasiga mas’ul bo‘ldi
Samarqand viloyati hokimligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Viloyati hokimi A.Boboyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i F.Omonov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat boshqarma va idoralar rahbarlari, tuman va shahar hokimolari, Xalq qabulxonalari hamda aholi murojaatlari bilan ishlashga mas’ullar qatnashdi.
Yig‘ilishda dastlab, Ochilov Xurshid Abdurashidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Shu paytgacha O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tizimida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan X.Ochilov bundan avval Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
Yig‘ilishda viloyatda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.