Konstitutsiyaviy sudga kimlar murojaat qilishi mumkin?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 13 yanvarda qabul qilinib, Senat tomonidan 2021 yil 12 martda ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida quyidagilar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi ega:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman);
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;
- Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;
- Senat a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori;
- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
- Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil.
Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.
FIB Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi Kamol NAMOZOV tayyorladi.