Ko‘p bolalar koronavirus kasalligidan vafot etayotgani rostmi?

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

➖ Respublikamizda koronavirusdan zararlangan va shu kasallikdan vafot etayotgan bemorlar yoshi, lavozimidan qat’iy nazar shu kungacha aniq ma’lumotlar berilib kelinyapti.

Ko‘p yosh bolalar kasallanib o‘lib ketayotganligi haqidagi ma’lumotlar yolg‘on.

Buning ustiga ta’kidlash joizki, koronavirus kasalligi yosh bolalarda yengil o‘tadi va aksariyat hollarda jiddiy asoratlarsiz sog‘ayishadi.