Krasnoyarskdagi fojiada o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi
- 22.10.2019 11:22
- 115
- Xorij
Krasnoyarsk yaqinida to‘g‘on yorilishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi D.Azimov bedarak yo‘qoldi.
Shanba kuni Cyeyba daryosidagi Krasnoyarsk o‘lkasida “Sisim” oltin qazib olish artelining texnologik suv ombori yorilgan. U "Sibzoloto" MChJ tarkibiga kiradi. Balandligi 4-5 metr bo‘lgan to‘lqinlar suv ombori tubining yemirilishiga olib kelgan. Loy, toshlardan iborat sel ikkita yotoqxona va xo‘jalik qurilishlarini vayron qilgan.
Bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi LW-500 yuk mashinasida haydovchi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, yana 4 nafar ishchining taqdiri noma’lum.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasining Sputnikka ma’lum qilishicha, ushbu masala alohida nazoratga olingan.
Krasnoyarsk yaqinidagi fojia 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 44 nafar xodim jarohat oldi. Ulardan 9 nafari kasalxonaga yotqizildi.