Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
- 24.06.2024 12:12
- 599
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvchi “M.B.” MChJ rahbari O.Sh. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan maishiy texnika vositalari va yumshoq mebellarni naqd pulga sotib yuborib, 850 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
pul o‘zlashtirish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Erdosh Ahadovni yod etib
- 2 soat avval
- Jamiyat
Davlatlar o‘rtasidagi eng qisqa chegaralar
- Bugun, 16:32
- O'qing, qiziq!