Surxondaryoda davolanishga muhtoj shaxslarga berilishi kerak bo‘lgan yarim milliard so‘m pul bir guruh shaxslar tomonidan o‘zlashtirilgani aniqlandi
- 07.02.2024 15:41
- 98
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022 yillar mobaynida "Mahalla" xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shu yo‘l bilan ular qariyb yarim millard so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa