"Ayollar daftari"dagi 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga 38 milliard so‘mdan ko‘proq kredit ajratilgan
- 06.03.2024 12:12
- 95
- Iqtisodiyot

2023 yilda amalga oshirilgan bu amaliyotda ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda ishtirok etgan 422 nafar xotin-qizlarga moliyaviy ko‘mak berilgan (4 milliard 263 million so‘m).
Keyingi katta raqam tikuvchilik yo‘nalishida bo‘lgan: 2284 kishiga 14 milliard 823 million so‘m.
Ma’lumotlardan "Ayollar daftari"dagi 153 xotin-qizga non mahsulotlari uchun 962 million so‘m kredit ajratilganini ham ko‘rish mumkin.
Umuman, ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga 31 yo‘nalishda kredit ajratilgan. Bu ish Xalq, Agro va Mikrokredit bankida amalga oshirilgan.
Darvoqe, kosmetologiya (2 nafar), zardo‘zlik (3 nafar), limonchilik (3 nafar), kimyoviy tozalash - uyda (3 nafar) va ko‘rpa tikish (4 nafar) yo‘nalishlaridagi moliyaviy yordamdan boshqalarga nisbatan kamroq foydalanilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- Kecha, 17:41
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Kecha, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Kecha, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Kecha, 12:34
- Mutolaa