Bulung‘urda hisobchi hamkasbining bank kartasidagi pullarni o‘zlashtirgan
- 29.09.2022 18:30
- 146
- Jinoyat va jazo
Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro R.J. IIBga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxslar bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 1.040.000 so‘m miqdordagi pullarini yechib olinganligini bildirgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni R.J.ning hisobchi bo‘lib ishlovchi hamkasbi, 1990 y.t., S.Ch. sodir etganligi aniqlandi.
S.Ch. o‘z vakolatlaridan foydalanib, unda mavjud bo‘lgan R.J.ning bank kartasi ma’lumotlari orqali karta SMS-xabarnomasini o‘z telefon raqamiga ulab olib, boshqaruvni qo‘lga kiritib, bank ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘lgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, S.Ch.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa