KXDR rahbari Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurdi

24 aprel kuni erta tongda KXDR rahbari Kim Chen In o‘tirgan bronopoyezd Rossiya hududiga kirdi. Bu haqda kommersant.ru xabar berayapti.

Kim Chen Inni Uzoq Sharq va Arktikani rivojlantirish vaziri Aleksandr Kozlov va Primore o‘lkasining gubernatori Oleg Kojemyako kutib oldilar.

Tashrifdan maqsad, Vladivostok shahrida KXDR rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator hujjatlarni imzolashlari kutilayapti.

Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari 27-28 fevral kunlari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida uchrashganda ham Xanoyga Xitoy orqali bronopoyezdda borgan edi.