Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni sohiblari aniqlandi. Ular safida Samarqand viloyatidan kimlar bor?

Jamiyatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Samarqandlik bir guruh mahalla fuqarolar yig‘ini raislari «Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni sohiblari bo‘lishdi.

Ular bilan tanishing:

* Xudoyberdiyev Obid Buriyevich – Samarqand shahridagi Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Xasanov Ikrom Raxmankulovich – Samarqand shahridagi Chashma mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Yarqulova Fazila – Samarqand shahridagi Oqsaroy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Sultanov Ravshan Isanovich – Kattaqo‘rg‘on shahridagi Mehrjon mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi

* Muxammadiyev Payzullo Zubaydulloyevich – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

* Mallayev Abdunabi Bashmanovich – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Bulung‘ur tumani kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

* Askarova Gulsun Xursanmuratovna – Bulung‘ur tumanidagi Beshqo‘ton mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Sultanov Normamat – Jomboy tumanidagi Tut mahalla fuqarolar yig‘ini faoli

* Shamsiyeva Bashorat Uktamovna – Jomboy tumanidagi  Katta qishloq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Ro‘ziyev Obidjon Basiyevich – Ishtixon tumanidagi  Beshariq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Mansurova Lola Xayrullayevna – Ishtixon tumanidagi  Katta Qang‘li mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Boboyev Bolta – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Axmedov Qamariddin – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

* Boymurodov Raximjon Meyliyevich – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Mo‘minxo‘ja mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Nurmatov Tursunmurot Abdulxakimovich – Qo‘shrabot tumanidagi O‘rtasoy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Irzaqulov Baxodir Kuchkarovich – Qo‘shrabot tumanidagi  Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Dehqonov Sirojiddin Qo‘shoqovich – Qo‘shrabot tumanidagi  Yuqori jo‘sh mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi

* Xasanov Bozor Sobirovich – Narpay tumanidagi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi

* Ibodullayev Baxodir Eshmirzayevich – Nurobod tumanidagi  Chorvador mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Mardanov Atamurod Xushbaqovich – Nurobod tumanidagi  Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Sultonova Muqaddas Utamurodovna – Oqdaryo tumanidagi Kumushkent mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi

* Muhammadiyev Normurod Doliyevich – Oqdaryo tumanidagi Galaravot mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Mamatov Samandar Xolmuratovich – Past Darg‘om tumanidagi Durmonsoy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Nazarov Baxodir – Past darg‘om tumanidagi Sanchiqul mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Begimkulov Sulayman Rashidovich – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Past Darg‘om tumani kengashi tashkiliy-uslubiy guruhi bosh mutaxassisi

* Urolov Rustamjon Munosibovich – Payariq tumanidagi Tohirshayx mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Mardiyev Farxodjon Jalilovich – Payariq tumanidagi  Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Nematov Oybek Nematovich – Payariq tumanidagi Tomoyrot mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi

* Saliyeva Orzigul Xolmirzayevna – Paxtachi tumanidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Qutliyev Foziljon Hasanovich – Paxtachi tumanidagi Yobu mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Asadova Dilyarom Abidjanovna – Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Samarqand tumani kengashi raisining diniy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

* Utamurodov Shavkatillo Sadinovich – Samarqand tumanidagi  Yuqori Qaynama mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Mirzayev Ilxom Mamatovich – Samarqand tumanidagi Oqmachit mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Qurbonov Ikrom Baratovich – Urgut tumanidagi  Ukrach mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi

* Maxkamov Sayfullo Radjabovich – Urgut tumanidagi Bog‘ishamol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Husanov Obid Toshtemirovich – Urgut tumanidagi Terak mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

* Sarayev Hamza – Toyloq tumanidagi Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini faoli

* Ibadov Fayzullo Abdullayevich – Toyloq tumanidagi Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini faoli

«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni sohiblarini tabriklaymiz!

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 iyuldagi qarori bilan ta’sis etilgan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. Shuningdek, «Mahalla» xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakat sanatoriylarida davolanish uchun bir martalik bepul yo‘llanma olish huquqiga ega bo‘ladi.