Mahalladagi yoshlar yetakchisini hamma taniydimi? (So‘rovnoma natijalari)

Avvalroq kanalimizda “Mahallangizdagi yoshlar yetakchisini taniysizmi? Uning faoliyati sizni qoniqtiradimi?” savoli bilan so‘rovnoma qo‘yilgandi.

Bugun, 3 iyul kuni soat 10:00 holatiga so‘rovnoma natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
- “Ha, taniyman. Yaxshi ish olib boryapti” degan javobda to‘xtalganlar 58 foiz;
- “Yo‘q, tanimayman. Bor-yo‘qligi bilinmaydi” javobini belgilaganlar 31 foiz;
- “Taniyman. Tadbirlar o‘tkazib turadi, ammo samarasi uncha sezilmaydi” javobida qolganlar esa 11 foiz.

Shuningdek, mazkur so‘rovnoma ostida turli bahs munozalarga ham guvoh bo‘ldik. Izohlarda ayrim foydalanuvchilar mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatidan ko‘ngli to‘lmaganini bildirsa, unga javoban aynan mahalla yoshlar yetakchilarining keskin e’tirozlarini uchratish mumkin.