Maktabda oliy toifali o‘qituvchilarning ish haqi qancha?

Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi moliyaviy tahlil va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Akbar Saparov zarnews.uz’ga ma’lum qildi.

- Xalq ta’limi vazirligi boshqa tegishli vazirliklar bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalarini quyidagicha belgilagan:

- oliy malaka toifali o‘qituvchilar 3550412 so‘m;

- birinchi malaka toifali o‘qituvchilar 3212842 so‘m;

- ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar 2883271 so‘m;

- oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 2575372 so‘m;

- o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar 2 407 368 so‘m.

Agar oliy malaka toifali o‘qituvchi qo‘shimcha 10 foiz ustama olsa, maoshi 3 905 453 so‘m, 20 foiz ustama olsa, 4260494 so‘m, 30 foiz ustama olsa 4615535 so‘m, 40 foiz ustama olsa, 4970576 so‘m bo‘ladi.

Bundan tashqari, oliy malaka toifali bolalar musiqa va san’ati maktabi o‘qituvchisi 2707724 so‘m, xalq ta’limi barcha turdagi muassasalarining tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodisti) 3550412 so‘m, umumiy o‘rta turdagi muassasalar psixologi, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologi 2811927 so‘m maosh oladi.