Merkel Ozarbayjon va Armanistonni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Ozarbayjon va Armaniston yetakchilariga zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar olib borish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Kansler Angela Merkel kecha telefon orqali Armaniston bosh vaziri Nikola Pashinyan bilan, bugun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik muhokama qilindi. Kansler zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar stoliga qaytish zarur ekanligini alohida ta’kidladi. Buning uchun YeXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) Minsk guruhi vakilligi shaklida forum taklif qiladi. Qo‘shni davlatlar vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilinishiga hissa qo‘shishi kerak”, - deyilgan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati bayonotida.

26 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ hududida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi vaziyat ziddiyatli tus oldi. 27 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, Armaniston qurolli kuchlari aholi yashash punktlarini o‘qqa tutganligi haqida xabar berdi. Bunga javoban Armaniston Mudofaa vazirligi, Qoraboqqa Ozarbayjon tomonidan “havodan va raketalar bilan” hujum uyushtirilganini ta’kidladi.