Milliy taraqqiyot uçun intellektual hamkorlik zarurati
Bugun mamlakat taraqqiyotini faqat iqtisodiy körsatkiçlar, yangi korxonalar yoki zamonaviy infratuzilma bilan baholaş yetarli emas. Bu imkoniyatlarni röyobga çiqaradigan asosiy omil — bilimli, mustaqil fikrlaydigan va yangilik yaratadigan inson kapitalidir.
Şu bois jamiyatda ziyolilarning örnini mustahkamlaş masalasi maʼnaviy hayot doirasidan çiqib, davlat va jamiyat taraqqiyotining strategik vazifasiga aylanmoqda.
Hozirgi davrda bu vazifaning ahamiyati yanada ortdi. Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va global axborot oqimi insonlar uçun yangi imkoniyatlar eeşigini oçayotgani barobarida, notöğri maʼlumot, manipulyasiya va yuzaki qaraşlar tarqalişini ham tezlaştirmoqda. Bunday şaroitda axborotni tahlil qiliş, işonçli manbani ajratiş va voqealarga xolis baho berişga örgatuvçi insonlar zarur. Ziyolilarning vazifasi aynan şu nuqtada ham namoyon böladi.
Şu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor ziyolilar kengaşlari taşkil etilayotgani muhim siyosiy-ijtimoiy qadamdir. Bu jarayon ilmiy, ijodiy va kasbiy salohiyat egalarining fikrini davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb masalalar muhokamasiga jalb etadigan yangi muloqot mexanizmi sifatida ahamiyatlidir. Uning mohiyati — ziyolilarni faqat maʼnaviy tadbirlar iştirokçisi emas, balki jamiyat özgarişlarining faol iştirokçisi va ğoyaviy yölboşçisiga aylantirişdir.
Bu yerda “ziyoli” tuşunçasiga munosabatni ham aniq belgilab oliş zarur. Oliy maʼlumot, ilmiy unvon yoki muayyan kasb egasi böliş insonni jamiyat yetakçisiga aylantirmaydi. Ziyolilik — bilimni hayot bilan boğlaş, muammolarni dalillar asosida köriş, mustaqil fikr bildiriş va xulosasi uçun masʼuliyatni zimmaga oliş qobiliyatidir. Çinakam ziyoli mavjud kamçiliklarni yaşirmaydi, biroq tanqidni ham şunçaki eʼtiroz darajasida qoldirmaydi: uning ortidan amaliy yeçim, asoslangan taklif va jamoat manfaatiga xizmat qiluvçi taşabbus keladi. Şu maʼnoda, ziyolining obrösi uning egallagan maqomidan köra, jamiyatga keltirgan foydasi bilan ölçanadi.
Mazkur taşabbusning amaliy mazmuni Samarqandda ötkazilgan hududiy yiğiliş misolida ham yaqqol körindi. “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida taşkil etilgan ikki kunlik muloqotda poytaxtdan kelgan va samarqandlik olimlar, akademiklar, professor-öqituvçilar, ijodkorlar, tibbiyot xodimlari, yoş tadqiqotçilar hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda milliy özlikni asraş, yoşlar tarbiyasi, ilm-fan va taʼlimni rivojlantiriş, özbek tili va adabiyotining nufuzini oşiriş, raqamli taraqqiyot, madaniyat va sanʼatni qöllab-quvvatlaş kabi özaro boğliq va muhim masalalar muhokama qilindi.
Samarqand uçraşuvining öziga xosligi turli kasb vakillarini birlaştiriş bilan birga, hududiy taşabbuslarni umummilliy kun tartibiga olib çiqiş imkonini yaratganida böldi. Muhokamalar ikki kun davomida takliflarni tinglaş va amaliy yeçimlar ustida işlaşga qaratildi.
Albatta, bunday muloqotlarning samarasi bildirilgan fikrlar yoki ötkazilgan tadbirlar soni bilan emas, ularning amaliy natijasi bilan ölçanadi. Ilgari surilgan takliflar aniq yönalişlar böyiça tizimlaştirilişi, masʼul taşkilotlar bilan boğlanişi, amalga oşiriş muddati va natija mezonlari belgilanişi kerak. Ziyolilarga ham qaysi taklif qabul qilingani, qay biri qöşimça örganişni talab etişi yoki nima sababdan amalga oşmagani haqida oçiq axborot berilişi, yaʼni qayta aloqa bölişi lozim. Şunda muloqot bilim va boşqaruv örtasidagi uzluksiz hamkorlik tizimiga aylanadi.
Ziyolilarning jamiyatdagi örnini oşiriş — ularga baland maqom beriş bilangina hal böladigan masala emas. Bu bilim va tajribani qarorlar qabul qilişga jalb etiş, taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va natijadorlik uçun masʼuliyat mexanizmlarini yaratişdir. Qolaversa, uşbu kengaş jamiyatning ilğor qatlami uçun muhim muloqot maydoni ham böldai oçmoqda. Endi asosiy mezon — uşbu maydonda tuğilgan ğoyalarning taʼlim sifati, ilmiy izlanişlar, madaniy muhit va insonlar hayotida sezilarli özgarişlarga aylanişidir. Zero, milliy taraqqiyotga kuç beradigan tafakkur faqat ilm qadrlangan, fikr tinglangan va bilim amaliy natijaga aylangan jamiyatdagina yuksaladi.
Elyor Uluğmurodov,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi Samarqand viloyati hududiy bölinmasi rahbari.